WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
29 AprelAprelAprel 2026 16 ko'rishlar

Xitoy delegatsiyasi Xiva shahri va “Lazgi” festivalida mehmon bo‘ldi

Xitoyning Lyaonin provinsiyasi delegatsiyasi Xivaning tarixiy obidalari bilan tanishdi va xalqaro “Lazgi” festivalining yopilish marosimida ishtirok etdi.

Bugun Xitoyning Lyaonin provinsiyasi delegatsiyasi vakillari tashrif doirasida Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova hamrohligida qadimiy Xiva shahridagi "Ichan qal’a" majmuasiga tashrif buyurib, Xorazmning betakror tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlar majmua hududidagi noyob me’moriy obidalar, qadimiy madrasa va masjidlarni katta qiziqish bilan tomosha qildilar. Xivaning o‘ziga xos arxitekturasi va boy tarixi xitoylik delegatsiya a’zolarida katta taassurot qoldirdi. Kunning kechki paytida mehmonlar Xiva shahrida o‘tkazilgan xalqaro “Lazgi” festivalining tantanali yopilish marosimida ishtirok etdilar.

Boshqa yangiliklar