Xitoy–O‘zbekiston xalqaro forumi: UrDU va Lyaoning pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik muzokaralari o‘tkazildi
Sian shahrida o‘tgan forum doirasida Urganch davlat universiteti va Xitoyning Lyaoning pedagogika universiteti vakillari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida o‘tkazilayotgan “Xitoy–O‘zbekiston hududlararo hamkorlik” xalqaro forumi doirasida Xitoyning Lyaoning pedagogika universiteti vakillari bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullari, jumladan vazir o‘rinbosari O‘ktam Salomov ishtirok etdi. Mazkur uchrashuv Urganch davlat universitetining xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, ta'lim va ilm-fan sohasida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.