WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
19 MayMayMay 2026 30 ko'rishlar

“Markaziy Osiyo ma’naviy tafakkuri va islom falsafasi: tarixiy–evolyutsion rivojlanish jarayoni”

Anjuman Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqovaning kirish so‘zi bilan ochildi. Rektor o‘z nutqida anjuman ilm-fan taraqqiyoti, ma’naviy merosni o‘rganish va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyatini ta’kidlab, иштирокchilarga muvaffaqiyat tiladi.

Mazkur anjuman Markaziy Osiyo mintaqasining boy ma’naviy-falsafiy merosini chuqur o‘rganish, islom falsafasining tarixiy rivojlanish bosqichlarini tahlil qilish hamda Sharq va G‘arb ilmiy tafakkuri o‘rtasidagi g‘oyaviy aloqalarni ilmiy jihatdan yoritishga bag‘ishlandi. Tadbir ilmiy hamjamiyat vakillari o‘rtasida keng va samarali fikr almashuv maydoniga aylandi.

👥 Anjumanda respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, islom falsafasining shakllanishi, tasavvufiy qarashlar, Sharq pedagogik merosi hamda raqamli transformatsiya jarayonida ma’naviy tafakkur masalalari yuzasidan ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashdilar.

👆 Anjuman doirasida quyidagi sho‘balar faoliyat yuritdi:
➖ Sharq va G‘arb mutafakkirlari merosida falsafiy va islomiy g‘oyalar sintezi
➖ Tasavvufiy meros va islom falsafasi: Markaziy Osiyo tajribasi
➖ Sharq pedagogik merosi: an’ana va zamonaviylik
➖ Raqamli transformatsiya jarayonida ma’naviy ong va tafakkur masalalari

♻️ Sho‘balar doirasida taqdim etilgan ilmiy ma’ruzalar ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan tinglanib, dolzarb masalalar yuzasidan jonli ilmiy muhokamalar olib borildi. Xususan, ma’naviy merosni asrab-avaylash, uni zamonaviy ilm-fan bilan uyg‘unlashtirish hamda yosh avlod tafakkurini shakllantirish masalalari alohida e’tiborga olindi.

Boshqa yangiliklar