Markaziy Osiyo va Ozarbayjon olima ayollari forumi Buxoroda bo‘lib o‘tdi
Buxoro shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjonning yetakchi olimalari ishtirokida ilm-fanda ayollar yetakchiligi va innovatsion hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘tkazildi.
2026-yil 13-may kuni Buxoro shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon yetakchi ayollari muloqoti doirasida “Ilm-fanda ayollar yetakchiligi: hozirgi zamon tahdidlari, innovatsion yechimlar va ilmiy hamkorlik” mavzusidagi xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mintaqa davlatlaridan kelgan olimalar, parlament vakillari va xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.
Forum doirasidagi panel sessiyalarida barqaror rivojlanish, ekologiya, sun’iy intellekt hamda “yashil” texnologiyalarni ta’lim va tibbiyotda qo‘llash istiqbollari muhokama qilindi. Tadbir yakunida ilmiy hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiluvchi “SheScience Central Asia” olima ayollarning mintaqaviy tarmog‘ini yaratish bo‘yicha Qo‘shma kommyunike qabul qilindi.