Buxoro davlat texnika universiteti Germaniyaning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
Buxoro davlat texnika universitetida Germaniyaning CHIRON Group SE va OPEN MIND Technologies AG kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.





Uchrashuv davomida universitet rektori Sadoqat Siddiqova va kompaniya vakillari muhandislik ta'limini rivojlantirish, dual ta'limni takomillashtirish, zamonaviy CAD/CAM texnologiyalarini joriy etish hamda talabalar amaliy tayyorgarligini kuchaytirish masalalarini muhokama qildi.
Natijada, CHIRON Group SE bilan avvalgi hamkorlik memorandumi yangi yo‘nalishlar hisobiga kengaytirildi. OPEN MIND Technologies AG bilan esa ilk bor Hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur kelishuvlar dual ta'limni rivojlantirish, hyperMILL va hyperCAD dasturlarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish, qo‘shma seminar va amaliy loyihalarni amalga oshirish hamda talabalar uchun xalqaro amaliyot va stajirovka imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.