WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
05 AvgustAvgustAvgust 2025 128 ko'rishlar

Buyuk Britaniya LLB (Law) dasturi Toshkentda!

Buyuk Britaniya huquq bakalavri diplomni olishni orzu qilasizmi? Endi buning uchun Londonga borish shart emas! Toshkent davlat yuridik universiteti va London universiteti (University of London) hamkorligidagi qo‘shma ta’lim dasturi sizga bu imkoniyatni taqdim etadi.

Dastur doirasida talabalar 4 yil davomida (1+3 modeli asosida) Toshkentda tahsil olib, ta’limni muvaffaqiyatli tamomlagach, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda London universitetining (LLB) huquq bakalavri diplomini qo‘lga kiritadilar.

GEMS Education Middle East bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan dastur yillik kontrakt to‘lovi 3 500 (uch ming besh yuz) AQSH dollarini tashkil etadi.

Dasturda o‘qishni xohlagan abituriyentlar hujjatlarini dd.tsul.uz sayti orqali topshirishlari mumkin.

Batafsil ma’lumot uchun +99893-423-12-98 (Telegram/WhatsApp) raqamiga murojaat qiling.

Boshqa yangiliklar