WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
15 FevralFevralFevral 2025 67 ko'rishlar

#Bobur_day #542_yilligi

Mamlakatimizning barcha oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-ma’rifiy markazlari va kutubxonalari Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludining 542 yilligi munosabati bilan yuksak darajada tadbirlar o‘tkazmoqda. Qoʻqon davlat pedagogika institutida ham Bobur tavalludi sharafiga adabiy-badiiy tadbir tashkil etilib, bu tarixiy sana yuksak ruhda nishonlandi.

Tadbirda ishtirok etgan maʼruzachilar Zahiriddin Muhammad Boburning o‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatidagi o‘zgacha o‘rni, uning yaratgan badiiy asarlari va ilmiy-tarixiy merosi haqida chuqur tahlil va qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdilar. 

Tadbir davomida talabalar Boburning g‘azal va ruboiylaridan o‘zlari yod olganlarini aytib berdilar. Shuningdek, Bobur hayotidan sahnalashtirilgan chiqishlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirib, uning ijodi va hayotiga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi.

Boshqa yangiliklar