WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
25 MayMayMay 2026 9 ko'rishlar

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti delegatsiyasi “Study in Uzbekistan” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida faol ishtirok etmoqda

Ayni daqiqalarda Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida "Uchinchi Xitoy - O‘zbekiston hududlararo hamkorlik" xalqaro forumi doirasida tashkil etilgan "Study in Uzbekistan" ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni daqiqalarda Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida "Uchinchi Xitoy - O‘zbekiston hududlararo hamkorlik" xalqaro forumi doirasida tashkil etilgan "Study in Uzbekistan" ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli xalqaro tadbirda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda. Ko‘rgazma davomida universitet delegatsiyasi tomonidan oliy o‘quv yurtining ilmiy salohiyati, zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari, xalqaro hamkorlik aloqalari va xorijiy talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar keng targ‘ib qilinmoqda. Shuningdek, Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik istiqbollari yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazildi. Bugun forumning so‘nggi kuni bo‘lib, tadbir doirasidagi uchrashuvlar, taqdimotlar va muzokaralar ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim va fan sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining ushbu xalqaro ko‘rgazmada ishtiroki universitetning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish bilan birga, xorijiy hamkorlik geografiyasini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Boshqa yangiliklar