“A’lo” baholar orqasida mehnat, harakat va orzu bor. Endi bu yutuqlaringizni tan olish va rag‘batlantirish vaqti keldi!
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida eng faol, intiluvchan va ilm yo‘lida oldinga intilgan talabalarga “Is’hoqxon Ibrat stipendiyasi” beriladi!
Saralash qanday amalga oshiriladi?
👀1-bosqich: Fakultet ishchi guruhi siz taqdim etgan hujjatlar asosida nomzodlarni saralaydi.
👀2-bosqich: Tanlangan nomzodlar institut bosqichida maxsus sinov va tahlildan o‘tadi. G‘oliblar — institut Ilmiy Kengashi qarori asosida rektor buyrug‘i bilan tasdiqlanadi!
Kerakli hujjatlar:
📝Reyting daftarchasidan ko‘chirma
📝Kafedra va dekanatning tavsiyanomasi
📝Ilmiy (ijodiy) ish bo‘yicha rahbar fikri
📝Ilmiy ishlari ro‘yxati va bosma nusxalari
📝Xorijiy til sertifikati (yo‘q bo‘lsa – kafedradan tilni bilish haqida tavsifnoma)
Eslatma: Agar sizning ta’lim yo‘nalishingiz xorijiy tilga oid bo‘lsa — boshqa til bo‘yicha sertifikat bo‘lishi shart.
Tanlovda ishtirok etish shartlari:
👀Kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan bo‘lish
👀 Barcha fanlardan “a’lo” bahoga o‘qigan
👀Kamida 1 o‘quv yilini to‘liq yakunlagan bo‘lish
Stipendiya muddati — 6 oy
Mablag‘ manbasi — “Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi”