WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
19 FevralFevralFevral 2026 21 ko'rishlar

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti “Maqom cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi professori Malikaxon Ziyayevaning 70 yillik yubileyiga bag‘ishlangan “San’atga baxshida umr” nomli ijodiy kechasi bo'lib o‘tdi

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti “Maqom cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi professori Malikaxon Ziyayevaning 70 yillik yubileyi hamda 55 yillik sermahsul ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan “San’atga baxshida umr” nomli ijodiy kechasi bo'lib o'tdi.

Ijodiy kecha davomida Malikaxon Ziyayevaning o‘zbek milliy musiqa san’ati, xususan dutor ijrochiligi maktabini rivojlantirish, an’anaviy maqom yo‘llarini asrab-avaylash, ustoz-shogirdlik an’analarini mustahkamlash hamda yosh ijrochilarni tarbiyalash borasidagi beqiyos xizmatlari alohida e’tirof etildi. Mazkur ijodiy kechada Vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarini rahbar-xodimlari, yetuk professor-o‘qituvchilar, olimlar, musiqashunoslar, bastakorlar va iqtidorli talaba- yoshlar bilan birga san’at shinavandalari ishtirok etdi

Boshqa yangiliklar