WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
08 FevralFevralFevral 2025 75 ko'rishlar

Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakultetida Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi munosabati bilan "Navoiydir millat quyoshi - dildan oʻchmas mangu ziyosi" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutadi.

Tadbir davomida yoshlar buyuk mutafakkir ijodiga boʻlgan hurmat va mehrlarini namoyish etib, Alisher Navoiy ruboiylari hamda gʻazallarini ifodali va joʻshqin tarzda oʻqib berdilar.  

Bu tadbir nafaqat Navoiyning boy adabiy merosini ulugʻlash, balki yoshlarning maʼnaviy saviyasini oshirish va ularning soʻz sanʼati borasidagi isteʼdodlarini rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam boʻldi.

Boshqa yangiliklar