10 NoyabrNoyabrNoyabr 2025
61 ko'rishlar
Qo‘qon davlat universiteti Gumanitar fanlar va tillar fakultetida “Uch avlod uchrashuvi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Uchrashuvda fakultet professor-o‘qituvchilari, faxriy ustozlar hamda faol talabalar ishtirok etishdi. Tadbirning maqsadi – turli avlod vakillarini bir davraga jamlab, yoshlarni ustozlar tajribasi, hayotiy saboqlari va kasbiy yo‘l-yo‘riqlari bilan tanishtirish, shuningdek, ustoz-shogird an’analarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida faxriy ustozlar yoshlarga o‘z faoliyatlari davomida erishgan yutuqlari, duch kelgan sinovlari hamda pedagoglik kasbining mas’uliyatli jihatlari haqida so‘zlab berishdi. Talabalar esa o‘z navbatida ustozlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, samimiy suhbat muhitida muloqot olib bordilar.