13 SentabrSentabrSentabr 2025
56 ko'rishlar
Qo‘qon davlat universiteti Aniq fanlar va muhandislik fakultetida birinchi kursga qabul qilingan talabalarning ota-onalari bilan “Men farzandim kelajagiga befarq emasman” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi
Tadbirda universitetning birinchi prorektori Ahmadjon Husanov, fakultet dekani D. Aroyev, professor-o‘qituvchilar, profilaktika inspektori hamda yangi o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan yoshlarning ota-onalari ishtirok etib, talabalarning ta’lim olishi, tarbiyaviy jarayonlar, ularning ilmiy va ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida ota-onalar o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirib, farzandlarining bilimli va yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishida hamkorlikda ishlashga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.