12 IyulIyulIyul 2025
58 ko'rishlar
Qo‘qon davlat universitetida kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Aniq fanlar va raqamli texnologiyalar fakultetida yozuvchi Nazar Eshonqulning mashhur “Maymun yetaklagan odam” hikoyasi asosida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida asarning syujeti, obrazlari, muallif ilgari surgan falsafiy g‘oyalar yuzasidan talaba-yoshlar bilan keng qamrovli fikr almashildi.
Tadbir ishtirokchilari hikoyada ko‘tarilgan ijtimoiy va axloqiy muammolar borasida o‘z nuqtai nazarlarini bayon etdilar, mazkur asarga zamonaviy qarashlar bilan yondashishga intildilar.