WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
19 MartMartMart 2026 23 ko'rishlar

Buxoro davlat texnika universitetida “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida Navro‘z sayli yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sayilni universitet rektori Sadoqat Siddiqova kirish so‘zi bilan ochib berib, barcha yig‘ilganlarni Navro‘z ayyomi bilan samimiy muborakbod etdi. U o‘z nutqida ushbu qadimiy bayramning insonparvarlik, mehr-oqibat va yangilanish timsoli ekanini alohida ta’kidladi. Bayram tadbiri davomida milliy kuy-qo‘shiqlar, jozibador milliy raqslar hamda dilga yaqin laparlar ijro etilib, tomoshabinlarga haqiqiy bayramona kayfiyat ulashildi. Navro‘z – bu nafaqat fasllar almashinuvi, balki qalblarda ezgulik va umid uyg‘otuvchi ulug‘ ayyomdir!

Boshqa yangiliklar