Buxoro davlat texnika universitetida O’zbekiston - Yaponiya markazi Buxoro filiali faoliyatini kengaytirish masalalari muhokama qilindi
Buxoro davlat texnika universitetida O‘zbekiston–Yaponiya hamkorligini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda O‘zbekiston–Yaponiya markazi ham direktori Alisher Paygamov, O‘zbekiston–Yaponiya markazi milliy koordinatori Ulug‘bek Azamov, O‘zbekiston–Yaponiya markazi ham direktori Hiroo Iwazaki hamda JICA vakili, markaz koordinatori Heizo Nakamura ishtirok etdi.




Mehmonlar universitet rektori Sadoqat Siddiqova bilan muzokaralar o‘tkazib, oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot faoliyati, akademik almashinuv dasturlari hamda Yaponiyaning ilg‘or tajribalarini ta’lim jarayoniga joriy etish istiqbollarini muhokama qildilar.
Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va universitetda O’zbekiston- Yaponiya markazi Buxoro filiali faoliyatini kengayirishi bo‘yicha amaliy ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.