WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
07 SentabrSentabrSentabr 2026 32 ko'rishlar

Buxoro davlat texnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Mustaqillik to‘yi” bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, bayram tadbirida 2026/2027-o‘quv yilida Buxoro davlat texnika universitetiga talabalikka qabul qilingan yoshlar uchun “Talabalikka bag‘ishlov” marosimi ham o‘tkazildi.


🎤Tadbirni universitet rektori Sadoqat Siddiqova kirish so‘zi bilan ochib, yangi o‘quv yilida talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan yoshlarni samimiy muborakbod etdi. Rektor o‘z so‘zida talabalik davri inson hayotidagi eng muhim va unutilmas bosqichlardan biri ekanini ta’kidlab, yoshlarning kelgusidagi o‘qish va ilmiy faoliyatlariga muvaffaqiyat tiladi.

🎵 Bayram dasturidan Vatanimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, mazmunli sahna ko‘rinishlari hamda jozibali raqslar o‘rin oldi. Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbir yangi talabalarda universitet hayotiga bo‘lgan ilk taassurotlarni yanada boyitdi.

Yangi o‘quv yili — yangi marralar, yangi imkoniyatlar va katta orzular sari ilk qadam!

Boshqa yangiliklar