Osiyo Xalqaro Universitetida oliy taʼlim sohasidagi eng dolzarb tashabbuslardan biri — “Rectors’ Club: Central Asia” ning beshinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli uchrashuvning asosiy mavzusi: “Til va milliylik: Markaziy Osiyo universitetlarida strategik boshqaruvning yangi ufqlari”.
Mazkur nufuzli uchrashuvning asosiy mavzusi: “Til va milliylik: Markaziy Osiyo universitetlarida strategik boshqaruvning yangi ufqlari”.
Yig‘ilishda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Armaniston, Ozarbayjon va Mo‘g‘uliston kabi mamlakatlarning oliy ta’lim sohasidagi yetakchilari, rektorlar, ilmiy doira vakillari va ekspertlari ishtirok etdi.
Ma'lumot o'rnida, Rectors' Club: Central Asia+ 2023-yilda Almati Menejment Universiteti (AlmaU) prezidenti Assylbek Kozhakhmetov tashabbusi bilan tashkil etilgan.
Bugungi kungacha Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududlarida to‘rt marotaba uchrashuvlar muvaffaqiyatli o‘tkazilgan.
Beshinchi uchrashuv esa AlmaU va Osiyo Xalqaro Universiteti hamkorligida Buxoroda tashkil etildi.