AQSHning Pittsburg universiteti ilmiy tadqiqotchisi Jacklyn Sharpning institutdagi tadqiqotlari davom etmoqda
Ayni kunlarda Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Visiting Professor” sifatida faoliyat yuritayotgan amerikalik professor, Pittsburg universiteti ilmiy tadqiqotchisi Jacklyn Sharp muhandislik yo‘nalishidagi o‘quv reja va fan dasturlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha ish olib bormoqda.
U avvaldan rejalashtirilgan yo‘l xaritasi asosida tegishli kafedralarda sohaga oid mavjud syllabuslarni zamonaviylashtirish, rivojlangan oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalari asosida yangi fan dasturlarini taklif qilish maqsadida B2B muhokamalar va uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Mazkur loyihalar AQSHning Pittsburg universiteti va Fulbrayt dasturi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, institutimizning muhandislik yo‘nalishidagi o‘quv reja va fan dasturlarini zamonaviylashtirishga va yangi formatlarda ishlab chiqilishiga zamin yaratadi. Shuningdek, hamkorlikda muhandislik maktablari faoliyatini tashkil etish, ish beruvchilar fikrini o‘rganish va kelgusidagi muhim loyihalarni amalga oshirishda mustahkam asos bo‘lishiga ishonamiz.
©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati