Vestminster universitetida magistratura dasturlariga qabul boshlandi
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti Biznes boshqaruvi (MBA and its Pathways) bo‘yicha yangi magistratura dasturiga qabulni boshladi. Oliygoh mehnat bozoridagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan ta’lim dasturlarini taqdim etadi.
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) 2026−2027 o‘quv yili uchun magistratura dasturlariga qabul boshlanganini e’lon qildi. Universitet tez rivojlanayotgan mehnat bozori talablariga mos, global fikrlaydigan hamda amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan keng ko‘lamli dasturlarni taklif etadi.
Nima uchun TXVU magistraturasini tanlash kerak:
- Britaniya diplomi — bitiruvchilar Vestminster universitetining butun dunyoda tan olinadigan magistratura darajasini qo‘lga kiritadi;
- qulay dars jadvali — mashg‘ulotlar kechki vaqtda (18:30 dan 21:30 gacha) tashkil etiladi, bu o‘qish va ish faoliyatini uyg‘unlashtirish imkonini beradi;
- amaliyotchi mutaxassislar — o‘quv jarayoni global tajribaga ega o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi;
- karyera istiqbollari — ta’lim jarayonida O‘zbekistonning yetakchi kompaniyalari va davlat tashkilotlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan;
- netvorking — 25 dan ortiq mamlakatlardan kelgan talabalar, bitiruvchilar va o‘qituvchilar bilan muloqot qilish imkoniyati.
Biznes boshqaruvi bo‘yicha magistratura (MBA)
Biznes boshqaruvi bo‘yicha magistratura (Master of Business Administration) biznes va boshqaruv sohasidagi eng nufuzli darajalardan biri hisoblanadi. TXVU tomonidan taklif etilayotgan Biznes boshqaruvi bo‘yicha magistratura dasturi (MBA and its Pathways) xalqaro akademik yondashuvlar hamda amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv komponentlarini o‘z ichiga oladi. Dastur doirasida strategik fikrlash, yetakchilik va boshqaruv qarorlarini qabul qilishga oid ko‘nikmalarni rivojlantirish nazarda tutilgan.
O‘quv jarayoni haqiqiy biznes keyslar, jamoaviy ish shakllari va zamonaviy boshqaruv vazifalarini tahlil qilish asosida tashkil etiladi. Talabalar o‘z kasbiy yo‘nalishlariga muvofiq quyidagi yo‘nalishlardan birini tanlashlari mumkin: Menejment (General Management), Ma’lumotlarga asoslangan tahlil (Data Enabled Analytics), Marketing (Marketing) yoki Inson resurslarini boshqarish (Human Resource Management).
Mazkur dastur bitiruvchilari uchun yuqori darajadagi rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritish, biznes konsalting sohasida ishlash, shuningdek, tadbirkorlik yo‘nalishida faoliyat olib borish imkoniyatlari mavjud.
Shuningdek, TXVU bir qator magistratura dasturlarini taklif etadi:
- “Jamoat salomatligi” — MSc in Public Health Science;
- “Xalqaro tijorat huquqi” — LLM in International Commercial Law;
- “Biznes tahlili” — MSc in Business Intelligence and Analytics;
- “Moliya yo‘nalishida biznes boshqaruvi” — MBA in Finance;
- “Kreativ sanoatlarni boshqarish” — MA in Creative Industries Management;
- “Amaliy iqtisodiyot” — MSc in Applied Economics;
- “Pedagogika” — MA in Learning and Teaching (with TESOL pathway);
- “Ijtimoiy fanlar uchun tadqiqot usullari” — MSc in Research Methods for Social Sciences.
TXVUdagi magistratura dasturlari haqida to‘liq ma’lumotni ushbu havola orqali olish mumkin.
Hujjatlarni topshirish tartibi
TXVU magistratura dasturlariga hujjatlarni 17-avgustgacha universitet saytida topshirish kerak. Magistratura dasturlariga kirish tartibi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin. TXVUda qabul bilan bog‘liq har qanday savollar bo‘yicha murojaat uchun: E-mail yoki (+998) 71−238−74−60.
