WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
09 IyunIyunIyun 2026 84 ko'rishlar

Qadimiy Buxoro talabalarda katta taassurot qoldirdi

Qo‘qon davlat universiteti talabalari uchun tashkil etilgan Buxoro shahriga sayohat yoshlarda milliy qadriyatlar, tarixiy meros va ajdodlarimiz qoldirgan bebaho obidalarga bo‘lgan hurmatni yanada kuchaytirdi. Ma’naviy-ma’rifiy safar davomida talabalar qadimiy va navqiron Buxoroning tarixiy maskanlari, me’moriy obidalari hamda muqaddas qadamjolari bilan yaqindan tanishdilar.

Sayohatning ilk manzillaridan biri Buxoroning ramzi hisoblangan Ark qal’asi bo‘ldi. Talabalar ushbu qadimiy qo‘rg‘onning ko‘p asrlik tarixi, amirlik davridagi siyosiy va madaniy hayoti haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Gidlar tomonidan berilgan tarixiy ma’lumotlar yoshlarning qiziqishini yanada oshirdi. Ayniqsa, qal’a ichidagi muzey eksponatlari, qadimiy qurol-aslahalar, qo‘lyozmalar va saroy qismlari talabalar taassurotida unutilmas iz qoldirdi.

Sayohat davomida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning dunyoqarashini kengaytirish va tarixiy ongini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar ushbu safar davomida nafaqat tarixiy obidalarni tomosha qildilar, balki jamoaviy hamjihatlik, o‘zaro hurmat va do‘stlik muhitini yanada mustahkamlash imkoniga ham ega bo‘ldilar. Ularning ta’kidlashicha, Buxoro safari yoshlarga katta ma’naviy ozuqa, yangi taassurot va unutilmas xotiralarni tuhfa etdi.

Boshqa yangiliklar