Harbiy qismida unutilmas uchrashuv
Joriy yilning 31-oktyabr kuni Farg‘ona viloyatidagi Milliy gvardiya boshqarmasining 82318-harbiy qismida o‘zgacha bir kun, esda qolarli tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tashrif universitet yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, ularni harbiylar hayoti bilan yaqindan tanishtirish hamda fidoyi insonlar mehnatiga hurmat ruhida tarbiyalash edi.
Tashrif davomida yoshlar uchun harbiylar tomonidan ko‘rgazmali mashg‘ulotlar, qurol-aslahalar bilan tanishtirish, sport musobaqalari va madaniy dasturlar tashkil qilindi. Tadbir so‘ngida esa 82318 harbiy qism komandiri podpolkovnik F. Ahmedov tomonidan yoshlar yetakchisi Nozima Davletova tashakkurnoma bilan taqdirlandi.