WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
16 AprelAprelAprel 2026 10 ko'rishlar

JDPUda bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida Paxtakor tumanida doimiy istiqomat qiluvchi bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.Tadbirda tuman hokimligi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, tumandagi maktablar direktorlari hamda universitet rahbariyati vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, tuman hududidagi bo‘sh ish o‘rinlari va ishga joylashish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi hamda yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Tadbir yakunida 10 nafarga yaqin bitiruvchi talaba maktab direktorlari bilan mehnat shartnomalarini imzolab, ish faoliyatini boshlash uchun yo‘llanma oldi.

Boshqa yangiliklar