10 NoyabrNoyabrNoyabr 2025
70 ko'rishlar
Adaptiv sport va jismoniy tarbiya sohasida xalqaro vebinar o‘tkazildi
Qo‘qon davlat universitetining Jismoniy madaniyat kafedrasida “Universitetda adaptiv jismoniy tarbiya va sport: sog‘ligida imkoniyatlari cheklangan talabalar bilan ishlash” mavzusida xalqaro vebinar o‘tkazildi.
Tadbir universitetda ilk marotaba xalqaro platformada tashkil etilib, Rossiyaning Yelabuga instituti (Qozon) va Povoljsk pedagogika universiteti (Tatariston) professorlari bilan birgalikda QDU jismoniy madaniyat kafedrasi professor-o‘qituvchilari va magistrlar faol qatnashdilar.
Mazkur vebinar talabalarga zamonaviy adaptiv jismoniy tarbiya metodikalari bilan tanishish, sog‘ligida imkoniyati cheklangan talabalar bilan ishlashning innovatsion usullarini o‘rganish va xalqaro tajriba almashish imkonini yaratdi.