19 NoyabrNoyabrNoyabr 2025
97 ko'rishlar
Qo‘qon DU va Abay universiteti hamkorligida psixologiya bo‘yicha xalqaro vebinar bo‘lib o‘tdi
Qo‘qon davlat universiteti Psixologiya kafedrasi hamda Qozog‘iston Respublikasi Abay nomidagi pedagogika universiteti hamkorligida “Нарративы психики: качественные методы в исследовании человеческого поведения” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy vebinar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qozog‘istonning yetuk psixolog olimi Adler Kariyev ma’ruza bilan ishtirok etdi. Ma’ruzada inson psixikasini o‘rganishda narrativ yondashuvning o‘rni, sifat usullarining ilmiy tadqiqotlardagi afzalliklari hamda ularning amaliy qo‘llanilishi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Vebinar doirasida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashdilar, zamonaviy psixologik tadqiqot metodlari yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi.