“Oliy ta’limda aniq va tabiiy fanlarning zamonaviy, innovatsion rivojlanishi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Qo‘qon davlat pedagogika institutida “Oliy ta’limda aniq va tabiiy fanlarning zamonaviy, innovatsion rivojlanishi ” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Konferensiya avvalida umumiy majlis ishtirokchilarning ma’ruzalari tinglandi. Shundan so‘ng olimlar fundamental fizika fanidagi zamonaviy tadqiqotlar va ularning natijalari, oliy ta’limda aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishning pedagogik va psixologik xususiyatlari, fizika va astronomiya ta’limida tabiiy-ilmiy va kasbiy-pedagogik fanlarni integratsiyalab o‘qitish mexanizmlari kabi sho‘balarda muhokamalarni davom ettirdilar.
Konferensiyada Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston kabi xorijiy davlatlardan olimlar, respublika oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar o‘z ma’ruza va maqolalari bilan ishtirok etdi.