WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
14 FevralFevralFevral 2026 23 ko'rishlar

Perfect-universityda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi!

2026-yil 11-fevral kuni Perfect University’da “Gender tengligi: xalqaro tajriba va milliy amaliyot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tadbir gender tengligini ta’minlash, ayollarning jamiyatdagi o‘rni va faolligini oshirish, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va milliy amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlandi.

2026-yil 11-fevral kuni Perfect University’da “Gender tengligi: xalqaro tajriba va milliy amaliyot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tadbir gender tengligini ta’minlash, ayollarning jamiyatdagi o‘rni va faolligini oshirish, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va milliy amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlandi. Konferensiyada yetakchi olimlar, soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda iqtidorli talabalar ishtirok etib, gender tengligi sohasidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar. Tadbir doirasida gender tengligining zamonaviy tendensiyalari, xalqaro tajribalar va ilg‘or amaliyotlar, shuningdek, milliy darajadagi islohotlar va istiqbolli vazifalar keng muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan gender tengligini ta’minlashga qaratilgan samarali mexanizmlar, ayollarning ijtimoiy, iqtisodiy va ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish borasida muhim taklif va tavsiyalar ilgari surildi. Mazkur konferensiya sohada hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, tajriba almashish hamda yangi ilmiy g‘oyalar va tashabbuslarni ilgari surish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi. Perfect University ilmiy muhitida gender tengligini ta’minlash, ayollar salohiyatini ro‘yobga chiqarish va teng imkoniyatlarni yaratish yo‘lida izchil islohotlar olib borilmoqda. Bu boradagi chora-tadbirlar kelgusida ham muntazam ravishda davom ettiriladi.

Boshqa yangiliklar