“Hozirgi bosqichda rus adabiyotini o‘rganish nazariyasi va metodologiyasi muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Bugun, 29-may kuni Qo‘qon davlat pedagogika institutida “Hozirgi bosqichda rus adabiyotini o‘rganish nazariyasi va metodologiyasi muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda respublikamizning nufuzli oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar universitetlaridan yetuk mutaxassislar, tajribali olim va tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Konferensiyada rus adabiyotining umumnazariy muammolari, ijodkorlarning poetik o‘ziga xosligi, ijodiy universalligi, shuningdek, rus adabiyotiga oid eng dolzarb muammolar, rus adabiyotshunosligi singari dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Anjumanda o‘z ma’ruzalari, ilmiy-maqolalari bilan ishtirok etgan xalqaro va mahalliy olimlar, tadqiqotchilar tomonidan mavzu yuzasidan jahon tajribalari xususida ham fikr yuritildi. Ilmiy-amaliy konferensiya yakunida sohaga oid tadqiqotlarni kuchaytirish va rivojlantirish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.