WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
11 FevralFevralFevral 2026 20 ko'rishlar

Xalqaro hamkorlik sari muhim qadam

Namangan davlat pedagogika instituti hamda Gyeongsang National University o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Jin Hwe Kweon hamda Namangan davlat pedagogika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A. Abdunazarov nutq so‘zlab, ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari va ahamiyati haqida fikr bildirdilar.

Gyeongsang National University prezidenti Jin Hwe Kweon o‘z chiqishida mazkur memorandum ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun muhim poydevor bo‘lishini ta’kidlab, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma tadqiqotlar hamda akademik loyihalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilishini qayd etdi.

O‘z navbatida, Namangan davlat pedagogika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Abdunazarov ushbu kelishuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishini, qo‘shma ilmiy izlanishlar, malaka oshirish dasturlari hamda xalqaro grant loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari yanada kengayishini ta’kidladi.

Boshqa yangiliklar