22 IyunIyunIyun 2026
6 ko'rishlar
⌛ Volontyorlik madaniyatini shakllantirish kuni doirasida magistratura talabalari ishtirokida ma’rifiy tadbir tashkil etildi
🏛 Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida volontyorlik faoliyatini keng targ‘ib qilish, fuqarolik mas’uliyati va ijtimoiy faollikni oshirish, jamiyat hayotidagi dolzarb masalalarga befarq bo‘lmaslik ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
🔗 Tadbirda O‘zbekiston davlat sport akademiyasi professor-o‘qituvchisi N. Xudayberdiyeva, o‘zining volontyorlik faoliyati va sport tadbirlarini tashkil etishga bag‘ishlangan mualliflik kitoblari haqida ma’lumot berdi.
💯 Shuningdek, kitoblarda yoritilgan nazariy va amaliy tavsiyalar, sport volontyorlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi jihatlar, yirik sport musobaqalarida volontyorlarning o‘rni hamda samarali faoliyat yuritish ko‘nikmalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
➡️ Volontyorlik madaniyatini shakllantirish, fuqarolik mas’uliyatini oshirish hamda sport sohasida faol va tashabbuskor volontyorlar safini kengaytirishga xizmat qiluvchi samimiy va erkin muloqot ruhida o‘tgan davra suhbatida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, volontyorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirdilar.