WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
02 DekabrDekabrDekabr 2025 130 ko'rishlar

Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik va OITSga qarshi kurash mavzularida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Qo‘qon davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” shiori ostida ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbir doirasida talabalarga raqamli makonda xavfsiz muhitni yaratish, internetda zo‘ravonlikning oldini olish va xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha zarur tushunchalar berildi.

Shuningdek, 1-dekabr — «OITSga qarshi butunjahon kurash kuni» munosabati bilan davra suhbati o‘tkazilib, unda tibbiyot sohasi mutaxassislari tomonidan OITS kasalligining oldini olish, profilaktika choralarining ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 

Tadbir davomida ishtirokchilarga sog‘lom turmush tarzi, ijtimoiy mas’uliyat, internet etikasi, shuningdek, raqamli texnologiyalardan ongli va xavfsiz foydalanishning muhim jihatlari bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.

Boshqa yangiliklar