WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
10 NoyabrNoyabrNoyabr 2025 85 ko'rishlar

Javoharlal Neru universitetida QoʻqonDU dotsenti tajriba almashmoqda

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Barno Abdurahmonova 2025-yil 18-noyabrga qadar Hindistonning Nyu Dehli shahridagi nufuzli Javoharlal Neru universitetida malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda.

Mazkur malaka oshirish dasturi O‘zbekiston va Hindiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada kuchaytirish, tajriba almashish va zamonaviy ta’lim yondashuvlarini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan.

Dastur davomida dotsent B. Abdurahmonova o‘zbek tili va adabiyotini xorijda targ‘ib qilish, o‘zaro ilmiy aloqalarni kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Shuningdek, u safar davomida “O‘zbekiston–Hindiston olimlari” akademik forumida ham ishtirok etib, ilm-fan, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirishi kutilmoqda.

Boshqa yangiliklar