“AKHU STEM OLIMPIADASI – 2026” Muvaffaqiyatli O‘tkazildi!
Al-Xorazmiy universitetida “AKHU STEM Olimpiadasi – 2026” muvaffaqiyatli tashkil etildi. Olimpiada yurtimizning turli hududlaridan kelgan iqtidorli yoshlarni bir maydonga jamlab, ularning bilim va salohiyatini namoyon etish uchun muhim platforma bo‘ldi.
Olimpiada quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkazildi:
Matematika
Fizika
Dasturlash va kiberxavfsizlik
Umumiy 2 milliard so‘mlik yutuq jamg‘armasi doirasida ishtirokchilar grantlar, xalqaro imkoniyatlar hamda Al-Xorazmiy universitetida ta’lim olish imkoniyati uchun bellashdilar.
“AKHU STEM Olimpiadasi – 2026” yoshlarning STEM yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni ilm-fan va texnologiyalar sohasida qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatimizning eng iqtidorli o‘quvchilarini aniqlashga xizmat qildi.
Mazkur olimpiada bilim, intilish va kelajak sari qo‘yilgan dadil qadamlarning yorqin namunasiga aylandi.