14 IyulIyulIyul 2026
22 ko'rishlar
Toshkent davlat yuridik universitetida ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
Oliy ma’lumotga ega fuqarolar uchun Toshkent davlat yuridik universitetida “Yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi mutaxassislik olish imkoniyati yaratildi.
Ikkinchi mutaxassislikka qabul O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, test sinovlari orqali amalga oshiriladi.
Hujjatlar 10-avgustga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.
Abituriyentlar huquqshunoslik hamda chet tili bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etadi.
3 yillik ta’lim dasturi masofaviy yoki kechki ta’lim shaklida amalga oshiriladi.