Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida haftalik ma'rifat soati bo'lib o'tdi
Institutda o'tkazilgan haftalik ma'rifat soatida keng ko'lamli islohotlar va akkreditatsiya jarayonlari muhokama qilindi, olim-o'qituvchilarning ilmiy yutuqlari e'tirof etildi.
Tadbirda institut rektori, professor Sh. Hasanov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, korrupsiyaga qarshi kurashish, oliy ta'lim muassasasida akkreditatsiya jarayonlari hamda yozgi ta'til davrini mazmunli va samarali tashkil etish masalalari yuzasidan fikr bildirdi. Uchrashuv davomida institut olimlarining ilmiy yutuqlari e'tirof etilib, Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi kafedrasi katta o'qituvchisi E. Yahyayevga Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi diplomi tantanali ravishda topshirildi. Tadbir yakunida Janubiy Koreyaga xizmat safaridan qaytgan institut vakillari tashrif taassurotlari hamda kartoshkachilik sohasidagi eng so'nggi agroinnovatsiyalar va ilg'or tajribalar haqida ma'lumot berdilar.