Talaba qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazilmoqda
Qo‘qon davlat universitetida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Sport klubi hamkorligida talaba-qizlar o‘rtasida voleybol sport musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqada jami 10 ta jamoa ishtirok etib, har bir o‘yin yuqori sport ruhida va do‘stona raqobat muhitida o‘tdi. Talabalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va jamoaviy harakati bilan musobaqaga o‘ziga xos shukuh bag‘ishladilar.
Natijada, o‘zining kuchli o‘yini bilan ajralib chiqqan jamoalar yarim final bosqichiga yo‘l oldilar. Ular orasida Boshlang‘ich va texnologik ta’lim fakultetining “Erudit”, Pedagogika va psixologiya fakultetining “Fenomen” hamda “To‘maris”, Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakultetining “Kimyo” va San’at va sport fakultetining “QDU” jamoalari bor.
Musobaqa davomida qizlar o‘zlarining sportga bo‘lgan qiziqishi, jamoaviy birdamlik va g‘alabaga intilishlarini namoyon etmoqda.