WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
12 IyunIyunIyun 2025 59 ko'rishlar

“Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik” shiori ostida voleybol musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatiga 120 yil to‘lganligi munosabati bilan Qo‘qon davlat universitetida professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar o‘rtasida “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan voleybol bahslari voleybolning haqiqiy jozibasini namoyon etdi. Murasasiz o‘yinlar davomida ishtirokchilar o‘zlarining sportga bo‘lgan bor ishtiyoqini koʻrsatdilar.

Tadbirda universitetning birinchi prorektori Ahmadjon Husanov, kasaba uyushmasi raisi Ahadjon Rahmatullayev va boshqa mas’ul rahbarlar ishtirok etdilar.

Tadbir so‘ngida barcha faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Musobaqa ko‘tarinki kayfiyat va ijobiy taassurotlar bilan yakunlandi.

Boshqa yangiliklar