20 MartMartMart 2025
48 ko'rishlar
QDPI talabasi Tojikistonda oʻtkazilgan xalqaro sport musobaqasida faxrli oʻrin egalladi.
Tojikistonning Soʻgʻd viloyati, Xoʻjand shahrida Navroʻz bayrami munosabati bilan anʼanaviy xalqaro "Doʻstlik yugurishi" sport musobaqasi boʻlib oʻtdi. Mazkur nufuzli tadbirda Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻizistondan minglab yosh sportchilar qatnashdi.
Sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, yoshlar oʻrtasida doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan ushbu musobaqada Qoʻqon davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yoʻnalishi talabasi Sarvarbek Anvarov o‘z mahoratini namoyon etib, shiddatli bellashuvda faxrli ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Sarvarbek Anvarovning ushbu yutugʻi sportga bo‘lgan ishtiyoq va tinimsiz mehnat natijasi bo‘lib, kelajakda undan yirik musobaqalarda muvaffaqiyat kutib qolamiz.