WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
14 MartMartMart 2025 50 ko'rishlar

Qoʻqon davlat pedagogika instituti Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakultetida "Navroʻz — qadryatlar beshigi" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Yoshlarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashga qaratilgan tadbirda Qoʻqon davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi, dotsent Z. Boytemirova, FarDU Xotin-qizlar masalalari boʻyicha psixologi M. Kamolova, dekan maslahatchilari M. Jabborova va X. Rahimova hamda talaba-qizlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida talaba-qizlar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari, shu jumladan, psixologlar va pedagoglar tomonidan toʻliq va aniq javoblar berildi. Bu kabi tadbirlar yoshlarni jahon va milliy qadriyatlar asosida maʼnaviy, axloqiy jihatdan rivojlantirish, ularni jamiyatga foydali, barkamol shaxslar sifatida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar