WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
26 IyulIyulIyul 2025 43 ko'rishlar

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” – shiori ostida ko‘tarinki ruhdagi konsert dasturi bo‘lib o‘tdi .

2025-yil 24-iyul kuni Qo‘qon shahridagi “Yoshlar” bog‘ida keng jamoatchilik ishtirokida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostidagi bayramona konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xalqimiz sevimli san’atkorlari, taniqli shou yulduzlari, iqtidorli yosh ijodkorlar ishtirok etdi. Tomoshabinlarga yuqori kayfiyat, musiqiy zavq va milliy g‘urur tuhfa etildi.

Maxsus mehmon – EVRO_UZ shou ansambli tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqish bilan kutib olindi.

Mazkur tadbirda Qo‘qon davlat universiteti hamda Qo‘qon shahar Madaniyat bo‘limi faol ishtirok etdi. Ular tomonidan tadbirning tashkiliy va mazmuniy jihatdan yuqori saviyada o‘tishiga munosib hissa qo‘shildi.

Ochiq osmon ostida o‘tgan ushbu konsert yoshlarda vatanparvarlik, ijodkorlik, madaniyatga muhabbat va ijtimoiy faollikni oshirishga xizmat qildi.

Boshqa yangiliklar