10 DekabrDekabrDekabr 2025
172 ko'rishlar
Amerika Qo'shma Shtatlari elchixonasi konsullik bo`limi xodimlari tomonidan AQSHda ta`lim olish bo'yicha seminar tashkil etildi
Ayni damda Buxoro davlat universiteti kichik majlislar zalida Amerika Qo'shma Shtatlari elchixonasi konsullik bo`limi xodimlari tomonidan AQSHda ta`lim olish bo'yicha seminar o'tkazilmoqda.
Seminarda talaba-yoshlarga AQSHda o'qish imkoniyatlari hamda AQSHga vizalarni rasmiylashtirish bo'yicha tegishli yo'l-yo'riq berilmoqda. Jumladan, talabalar uchun mavjud bo'lgan vizalar turlari (J, F, M), ularning imkoniyatlari va rasmiylashtirish talablari, suhbat jarayonidagi vaziyatlar haqida batafsil ma'lumotlar berilmoqda.