WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
19 FevralFevralFevral 2026 18 ko'rishlar

GERMANIYADA DUAL TA’LIM VA AUSBILDUNG IMKONIYATLARI BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida yoshlarning xalqaro kasbiy ta’lim va mehnat bozoridagi imkoniyatlar haqidagi bilimlarini kengaytirishga qaratilgan navbatdagi amaliy uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur seminar institut o‘qituvchisi F.Mirvaliyev tashabbusi bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligida ro‘yxatdan o‘tgan mutaxassis, “Simpson Private Akademie” loyihasi menejeri Shonosir Shorakhmedov ishtirokida o‘tkazildi.

Seminar mavzusi: “Germaniyada dual ta’lim tizimi va Ausbildung imkoniyatlari”
Tadbir davomida talabalar Germaniyaning kasbiy ta’lim modeli, uning huquqiy asoslari hamda amaliy imkoniyatlari bo‘yicha batafsil va tizimli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Seminarda quyidagi masalalar atroflicha yoritildi:
Dual ta’lim tizimining ishlash mexanizmi – Germaniya modeli nazariy o‘qish jarayoni bilan real ishlab chiqarish amaliyotini uyg‘unlashtirishi, talabaning bir vaqtning o‘zida bilim va tajriba orttirishi tushuntirildi.
Ausbildung dasturlari va ishtirok shartlari – dastur turlari, yosh talablari, kasblar yo‘nalishi hamda nomzodlar uchun qo‘yiladigan asosiy mezonlar haqida aniq tavsiyalar berildi.
B1 sertifikati bilan ta’lim olish imkoniyatlari – nemis tilidan B1 darajadagi xalqaro sertifikat asosida kasbiy ta’lim olish shartlari, til tayyorgarligi va Germaniyada integratsiya jarayonlari muhokama qilindi.
Ish + o‘qish modeli va moliyaviy jihatlar – dual tizimda talabalar o‘qish davomida maosh olishlari, ijtimoiy kafolatlar hamda yashash xarajatlari bo‘yicha real misollar asosida tushuntirish berildi.
Hujjat topshirish va saralash jarayoni – nomzodlarni tanlash bosqichlari, zarur hujjatlar, suhbat jarayoni hamda Germaniya ish beruvchilari bilan hamkorlik mexanizmlari bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Boshqa yangiliklar