29 OktabrOktabrOktabr 2025
17 ko'rishlar
Jizzax davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti 2-bosqich talabasi Axmedjonova Muxlisaxon Otabek qizi Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Millatlar mozaikasi — 8 davlat, 1 sahna, 1 qalb” xalqaro festivalida faol ishtirok etdi.
Uning ilmiy-ijodiy faoliyati va xalqaro tashabbuslari yuksak baholanib, Jadidlar xalqaro ilmiy tadqiqotlar assotsiatsiyasining “Millatlar mozaikasi” festivalining “Do‘stlik elchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, u festival doirasida o‘tkazilgan “Ijodkor va iqtidorli yoshlar” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.