Bobur merosiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining Gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan institut miqyosida talabalar ishtirokida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. Anjuman “XXI asrda Zahiriddin Muhammad Bobur merosiga munosabat” mavzusiga bag‘ishlanib, unda Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talabalar ishtirok etdilar. Tadbir davomida Bobur merosining zamonaviy talqini, uning ilmiy, adabiy va ma’naviy ahamiyati yuzasidan keng qamrovli fikr-mulohazalar, mushohadalar hamda ilmiy muloqotlar olib borildi. Anjumanda mehmon sifatida Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi ilmiy xodimlari — Poziljonov Avazbek, Qosimov G‘anijon, shuningdek, Qo‘qon universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. Ilmiy-amaliy anjuman mazmunli ma’ruzalar, qizg‘in bahs-munozaralar va o‘zaro fikr almashuvlar asosida yuqori saviyada yakunlandi. Tadbirda faol ishtirok etgan talabalar diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.