13 NoyabrNoyabrNoyabr 2025
77 ko'rishlar
Rossiyalik professor Qo‘qon davlat universitetida dars mashg‘ulotlari o‘tmoqda
Qo‘qon davlat universiteti xalqaro miqyosda hamkorlik aloqalarini kengaytirish, xorijiy tajriba almashuvini yo‘lga qo‘yish borasida izchil ishlarni amalga oshirmoqda. Shu jarayonning amaliy ifodasi sifatida Plekhanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Nataliya Yurevna Fominyuk universitet talabalari uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tmoqda.
Tashrif davomida professor hamkasblari bilan ilmiy-metodik tajriba almashish, qo‘shma loyihalar va akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish istiqbollari xususida ham fikr almashishi rejalashtirilgan.