WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
29 OktabrOktabrOktabr 2025 77 ko'rishlar

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi

Qo‘qon davlat universiteti Gumanitar fanlar va tillar fakultetining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-bosqich talabalari ishtirokida “Korrupsiya — rivojlanishga to‘siq” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimi boshqarish bo‘limi mutaxassisi Elbek Usmonov ishtirokida o‘tkazildi. Suhbat davomida talaba-yoshlar faoliyatida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar va ta’magirlik holatlarining oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Mutaxassis tomonidan talabalar o‘z faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlar yoki manfaatlar to‘qnashuvi holatlari haqida ma’lumotlar berilib, bunday vaziyatlarda “Komplayens-nazorat” bo‘limiga murojaat etish zarurligi ta’kidlandi.
 

Boshqa yangiliklar