25 AprelAprelAprel 2024
38 ko'rishlar
RESPUBLIKA ILMIY KONFERENSIYASI O‘TKAZILDI.
Qo‘qon davlat pedagogika institutida “Ilm-fan muammolari magistrantlar talqinida” mavzusida respublika ilmiy konferensiyasi o‘tkazildi.
Konferensiyada Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor N. Jo‘rayev, Magistratura bo‘limi boshlig‘i O. Bozorov, mutaxassis tayyorlovchi kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, magistrlar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Ilmiy konferensiyani o‘tkazishdan asosiy maqsad – yetakchi mutaxassislar ishtirokida ilm-fan muammolarini tahlil qilish va munozaralar asosida mavjud muammolarni hal etishga doir ilmiy takliflar ishlab chiqish; nazariy bilimlarning amaliyot bilan uzviyligini ta’minlashga qaratilgan.