WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
09 AprelAprelAprel 2026 8 ko'rishlar

NamDTU professori Qozogʻistonda birinchi matematiklar kongressida ishtirok etdi

NamDTU professori Qozogʻistonda birinchi matematiklar kongressida ishtirok etdi

M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universitetida Qozogʻiston matematiklarining birinchi kongressi boʻlib oʻtdi. Mazkur nufuzli xalqaro ilmiy anjumanda Oʻzbekistonning qator yetakchi matematik olimlari, jumladan,  fizika-matematika fanlari doktori, professor Yusufjon Oppoqov maʼruza bilan ishtirok etdi.

Kongress doirasidagi uchrashuvlar davomida M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti hamda Oʻzbekiston OTMlari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 

Erasmus+ dasturi doirasida yangi magistratura mutaxassisliklarini tashkil etish, talabalar va doktorantlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, Scopus va Web of Science bazalarida indeksatsiyalangan xalqaro jurnallarda qoʻshma ilmiy maqolalar, monografiyalar va darsliklar nashr etish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Boshqa yangiliklar