WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
15 DekabrDekabrDekabr 2025 132 ko'rishlar

Kafedra filiali faoliyati doirasida amaliy seminar tashkil etildi

Qo‘qon davlat universiteti va Qo‘qon pedagogika texnikumi o‘rtasidagi hamkorlikka muvofiq texnikumda Pedagogika kafedrasi filiali tashkil etilgan.

Ushbu hamkorlik doirasida bugun kafedraning professor-o‘qituvchilari N. Ortiqova va M. Rahimberdiyeva tomonidan texnikum rahbariyati hamda tahsil olayotgan yoshlar ishtirokida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.

Mazkur seminar-treninglar belgilangan chora-tadbir rejasiga muvofiq har oy muntazam ravishda tashkil etilib, pedagogik tajriba almashinuvi va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.
 

Boshqa yangiliklar