WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
06 AvgustAvgustAvgust 2026 38 ko'rishlar

Yunusobod tumani prokuraturasida TDYU amaliyot shu’basi ochildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi doirasida Yunusobod tumani prokuraturasida Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti Akademik departamenti Jinoyat-protsessual huquqi shu’basi ochildi.

  Tadbirda huquqshunosni nafaqat auditoriyada olingan bilim, balki real amaliyot shakllantirishi, shu bois bugungi kunda yuridik ta’limda davlat organlari bilan hamkorlikni kuchaytirish, talabalarni kasbiy faoliyatga bevosita jalb etish va nazariya hamda amaliyot integratsiyasini ta’minlash ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylangani ta’kidlandi.

  Qayd etilganidek, yangi tashkil etilgan amaliyot shu’basi orqali talabalar prokuratura organlari faoliyatini amaliy jihatdan o‘rganish, jinoyat ishlari yurituvida prokurorning vakolatlari, tergov ustidan nazorat, davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlash jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

  Shuningdek, amaliyot bazasida tajribali prokuror va tergovchilar ishtirokida mahorat darslari, binar mashg‘ulotlar, huquqiy keyslar tahlili, sud jarayonlarini modellashtirish, ilmiy-amaliy seminarlar va ochiq muhokamalar muntazam tashkil etiladi.

  Ochilish marosimi doirasida Yunusobod tumani prokuraturasida amaliyot o‘tayotgan universitetning 20 nafar talabasi bilan ochiq muloqot ham o‘tkazildi. Unda talabalarga prokuratura organlari faoliyatining o‘ziga xos jihatlari, kasbiy etika, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

  Tadbir yakunida Yunusobod tumani prokuraturasi va Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida ta’lim, ilmiy tadqiqot va amaliyot integratsiyasini yanada rivojlantirish, dolzarb huquqiy masalalarni birgalikda o‘rganish hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Boshqa yangiliklar